"Real"ning La Ligadagi asosiy raqibi kim?
Anchelotti bu savolga javob berdi.

"Real Madrid" bosh murabbiyi Karlo Anchelotti jamoasining Ispaniya chempionatida "Vilyareal"ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi (4:1) haqida fikr bildirdi.
"Biz jamoaviy majburiyatning ajoyib darajasini namoyish etdik. Modrichning Bellingemga uzatmasi ajoyib bo'ldi. Bugun eng yaxshi o'yinlarimizdan biri bo'ldi, ayniqsa himoyaviy pressing bo'yicha. Ayni damda “Jirona” chempionatdagi asosiy raqibimiz hisoblanadi. Mavsum juda uzoq va kurash oxirigacha davom etadi, shu jumladan "Barselona" va "Atletiko" bilan ham", - dedi Anchelotti.
Ushbu o'yindan so'ng "Real Madrid" 17 uchrashuvda 42 ochko jamg'arib, futbol bo'yicha Ispaniya chempionati turnir jadvalida birinchi o'ringa ko'tarilib oldi.







