Jahon

Serbiyadagi parlament saylovlarida prezident Vuchich koalitsiyasi yetakchilik qilmoqda

Amaldagi prezident Vuchich allaqachon o‘z bloki g‘alaba qozonganini eʼlon qilgan.

Serbiyadagi parlament saylovlarida prezident Vuchich koalitsiyasi yetakchilik qilmoqda

 

CeSID va Ipsos jamoatchilik fikrini o‘rganish institutlari maʼlumotlariga ko‘ra, byulletenlarning 80 foizi hisoblab bo‘linganidan so‘ng, Serbiya progressiv partiyasi boshchiligidagi "Aleksandr Vuchich – Serbiya to‘xtamasligi kerak" koalitsiyasi 46 foiz ovoz to‘plamoqda.  Eng yaqin taʼqibchi "Serbiya zo‘ravonlikka qarshi" guruhi saylovchilarning 23 foizi tomonidan qo‘llab-quvvatlangan.

 

Serbiya prezidenti Vuchich allaqachon o‘z bloki g‘alaba qozonganini eʼlon qilgan. 

 

Vuchich 1 noyabr kuni "zo‘ravonlik targ‘ibotiga" qarshi ommaviy norozilik namoyishlari fonida Xalq Ckupshinasini (Serbiya parlamenti) tarqatib yuborganidan so‘ng, muddatidan oldin parlament saylovlari o‘tkazilishini maʼlum qilgan edi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"