Klopp "Barsa"ni boshqarishi mumkin
Xavi Kataloniya klubini tark etmoqda.

Xabarlarga ko'ra, "Liverpul" bosh murabbiyi Yurgen Klopp "Barselona"da faoliyat boshlashi mumkin. Nemis mutaxassisi "ko'k-anorranglilar" prezidenti Joan Laporta bilan tez-tez muloqot qilmoqda. Klopp "Barselona" allaqachon tuza boshlagan murabbiylar ro'yxatida birinchi o'rinda turibdi.
Eslatib o'tamiz, avvalroq OAVda klub prezidenti Joan Laporta va sport direktori Deko ishtirokida Xavining ishiga baho berish va uni ishdan bo'shatish maqsadida yig'ilish o'tkazgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
17 turdan keyin “Barselona” 35 ochko bilan Ispaniya chempionati turnir jadvalida to‘rtinchi o‘rinni egallab turibdi. Jamoa peshqadam “Jirona”dan 9 ochko ortda qolmoqda.







