Bundesliga klublari Jeydon Sanchoga ko'z tikishmoqda
U APLdan ketadi.

Germaniyaning to'rtta klubi "Manchester Yunayted" vingeri Jeydon Sancho atrofidagi vaziyatni darhol kuzatmoqda. Eslatib o'tamiz, angliyalik futbolchi sentabr oyi boshida jamoa bosh murabbiyi Erik ten Xag bilan mojaro qilgan edi. Shundan so'ng futbolchi maydonga tushmadi.
Manbaga ko'ra, Sancho uchun "Bayer", "Leypsig" va "Shtutgart" kabi jamoalar da'vogarlik qilmoqda. Angliyalik futbolchini qo'lga kiritish uchun favorit uning sobiq jamoasi Dortmundning "Borussiya"si hisoblanadi.
Sancho "Manchester Yunayted"da 2021-yilning yozidan buyon o'ynamoqda. Joriy mavsumda vinger atigi 76 daqiqa maydonda o'tkazdi va uch marta zaxiradan maydonga tushdi.







