"Meni bunday maxsus kun kutmoqda deb o'ylamagandim"
Kilian Mbappe ukasining "PSJ"dagi debyutiga munosabat bildirdi.

"PSJ" hujumchisi Kilian Mbappe 16 yoshli ukasi Etan Mbappening "Mets"ga qarshi (3:1) Fransiya chempionatining 17-tur uchrashuvidagi debyutiga munosabat bildirdi.
"Men baxtliman, Etan buni yaxshi ko'radi, lekin men uni katta ukam sifatida ko'proq yaxshi ko'raman. Meni bunday maxsus kun kutmoqda deb o'ylamagandim va bu o'yinni juda eslab qolaman. Men uchun eng muhimi Etanning ishtiroki, garchi g'alaba va gol har doim alohida. Ajoyib kun!" — dedi Mbappe.
Etan Mbappe shu paytgacha “PSJ” safida faqat o‘rtoqlik o‘yinlarida maydonga tushgan.







