"Real" Alabaning o'rniga futbolchi topdi
Rafael Varan "Real"ga qaytishi mumkin.

Madrid klubi David Alabaning jarohati tufayli "Manchester Yunayted"ning 30 yoshli himoyachisiga qiziqish bildirmoqda, deb xabar beradi Bild jurnalisti Kristian Falk.
Fransiyalik futbolchi 2011 yildan 2021 yilgacha "Real"da o‘ynagan, shundan so‘ng 34+8 mln funt sterling evaziga "MYu"ga o‘tgan.
Varan APLning ushbu mavsumida 9ta o‘yin o‘tkazdi. Uning ingliz klubi bilan shartnomasi yozda yakuniga yetadi.







