"Bu futbol uchun muhim qaror bo'ldi"
Madridning “Real” klubi bosh murabbiyi Karlo Anchelotti Yevropa Superligasi haqida fikr bildirdi.

“Menimcha bu futbol uchun muhim qaror edi. Ko'rib turibmanki, bunga unchalik ishonmaydigan klublar bor, lekin endi bizning dunyomizda monopoliya bo'lmaydi, hammasi ijobiy tomonga o'zgaradi. Bizni xavotirga solayotgan xalqaro taqvim klublar, futbolchilar uchun yaxshilanishi mumkin... oxir-oqibat nima ijobiy ekanini vaqt ko'rsatadi", - dedi Anchelotti.
Eslatib o‘tamiz, kecha bo‘lajak Yevropa Superligasi formati taqdim etilgan bo‘lib, unga ko‘ra, unda uchta ligaga bo‘lingan 64 ta klub ishtirok etadi.







