"Paxtakor" Farg'onadan futbolchi sotib oldi
Klub Umar Adhamzoda bilan 2 yillik shartnoma tuzganini e’lon qildi.

O‘zbekiston chempioni 25 yoshli yarimhimoyachi bilan 2 yillik shartnoma imzoladi.
Umar "sherlar" tarbiyalanuvchisi sanaladi. U "Lokomotiv" va "Istiqlol" klublarida ham o‘ynagan.
"Qadrdon klubimga qaytganimdan xursandman. "Paxtakor"da futbol bilan shug‘ullanishni boshlaganman va bir kun ushbu jamoa tarkibida o‘ynashni orzu qilganman. Endi bunday imkoniyatga ega bo‘lishimdan baxtiyorman. Jamoa libosi nimani anglatishini yaxshi bilaman. Muvaffaqiyatlar uchun bor kuchimni berishga intilaman", — deydi futbolchi bitim tuzgach.







