"Endi buni takrorlashga urinib ko‘rish kerak"
Gvardiola yil davomida qo'lga kiritgan yutuqlari haqida gapirdi.

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola "Fluminense"ga (4:0) qarshi klublar o‘rtasidagi jahon chempionati finalidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Bu yil ajoyib bo‘ldi. Mumkin bo‘lgan barcha sovrinlarni yutdik. Endi buni yana sinab ko‘rish kerak. Bahs boshida bizga biroz omad kulib boqdi, erta gol urdik, ammo keyin raqib aql bovar qilmaydigan 10-12 daqiqani o‘tkazdi. Bu bizga o‘yin qanchalik qiyin bo‘lishini anglatdi. Ikkinchi gol bizga yordam berdi, balki bunga loyiq emasdik. Ikkinchi bo‘limda bir nechta narsalarni o‘zgartirdik va ancha yaxshi o‘ynadik", — dedi murabbiy.







