Jahon

Kaliforniyada kanalizatsiya suvini ichishga ruxsat berildi

Mamlakatda ekstremal qurg‘oqchilik sabab suv miqdori keskin kamayib ketgan.

Kaliforniyada kanalizatsiya suvini ichishga ruxsat berildi

The Guardian nashrining yozishichaKaliforniya mutasaddilari oqava suvlar isteʼmoliga ruxsat berdi.

 

Ayni paytda dush xonalari va hojatxonalarning tozalangan suvlari park va o‘yingohlarni sug‘orish uchun ishlatilmoqda. Yangi qonun esa undan ichimlik va ovqat tayyorlashda foydalanishga ruxsat beradi. Kaliforniya — bunday yangilik joriy etilgan  birinchi shtat emas. Bunday choralar Koloradoda ham amal qiladi.

 

Shu paytgacha bunday loyihalar rad etib kelingan, biroq mahalliy suv havzalarining qurishi kaliforniyalikni o‘z qarashlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur qildi.

 

Ekstremal qurg‘oqchiliklar ketma-ketligi sabab zaxiralardagi suv miqdori keskin kamayib ketdi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"