O‘zbekistonda tug‘ilgan siyosatchi Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘ydi
U 1963 yil Toshkentda tavallud topgan.

Rossiya prezidentligi uchun Toshkentda tug‘ilgan 60 yoshli deputat Boris Nadejdin o‘z nomzodini qo‘ydi.
Boris Nadejdin 23 dekabr kuni “Fuqarolik tashabbusi” partiyasi aʼzosiga aylandi va Rossiya prezidentligi uchun saylovlarda nomzod sifatida qatnashish uchun ariza berdi.
“Men ushbu saylovlar yakunigacha tirik qolishga, qamoqqa olinmaslikka va meni xorijlik agent deb eʼlon qilmasliklariga umid qilib qolaman”, — degan u.
Boris Nadejdin 1963 yilda Toshkentda tug‘ilgan va keyinchalik 1969 yilda oilasi bilan Rossiyaga ko‘chib ketgan.







