Eng yaxshi murabbiylar uchligi ma'lum bo'ldi
Nomzodlar jurnalistlar bergan ovozga ko'ra aniqlandi.

Futbol jurnalistlari bergan ovozlarga ko‘ra O‘zbekistonning 2023-yildagi eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi.
Bular — Jamoliddin Rahmatullayev (O‘zbekiston U-17), Ro‘ziqul Berdiyev ("Nasaf") va Ravshan Haydarov (O‘zbekiston U-20).
Dastlabki ro‘yxatda Samvel Babayan ("Navbahor"), Maksim Shaskix ("Paxtakor") va Temur Kapadze ("Olimpik", O‘zbekiston U-23) ham bor edi.







