Yakuniy uchlik ma’lum bo'ldi
O‘zbekistonning 2023-yildagi eng yaxshi futbolchisi kim bo'ladi?

Futbol jurnalistlari bergan ovozlarga ko‘ra O‘zbekistonning 2023-yildagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lishga nomzodlarning yakuniy uchligi ma’lum bo‘ldi.
Bular — Abbosbek Fayzullayev ("SSKA", Rossiya), Oston O‘runov ("Navbahor") va Abduqodir Husanov ("Lans", Fransiya).
Dastlabki ro‘yxatda bo‘lgan Sherzod Nasrulllayev ("Nasaf"), Otabek Shukurov ("Fotih Karagumruk", Turkiya), Jaloliddin Masharipov ("Panserraykos", Gresiya), Igor Sergeyev ("Patum Yunayted", Tailand), Eldor Shomurodov ("Kalyari", Italiya), Husniddin Aliqulov ("Rizespor", Turkiya), Odil Hamrobekov ("Paxtakor"), Hojiakbar Alijonov ("Paxtakor") va Jamshid Iskanderov ("Navbahor") kurashdan chiqishdi.







