Abbosbek O'zbekistonning eng zo'r futbolchisi bo'ldi
Yakuniy uchlikdan Oston Urunov va Abduqodir Husanov ham joy olgandi.

"SSKA" safida to‘p tepayotgan futbolchimiz Abbosbek Fayzullayev 2023-yilda "O‘zbekistonning eng yaxshi futbolchisi", deya e’tirof etildi.
20 yoshli futbolchi joriy yilda Rossiya klubi safida sermahsullik namoyish etdi. Shuningdek, U-20 termamiz bilan Osiyo chempioni bo‘ldi va jahon chempionatida nimchorak finalgacha yetib bordi. Bundan tashqari, milliy terma jamoamiz safida ham yorqin o‘yinlari bilan ajralib turdi.







