Ilhom Aliyevning saylovdagi raqiblari haddan oshib ketdi
Ozarbayjon prezidentligiga 15 nafar nomzod tasdiqlandi.

26 dekabr kuni Ozarbayjon Markaziy saylov komissiyasi (MSK) yana 8 nafar nomzodni prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqladi.
Xususan, Sarvan Kerimov, Matlab Mutallimli, Abutolib Samedov, Fikret Yusifov, Yusif Bagirzoda, Yunus O‘g‘uz va G‘ulomhuseyin Alibeylining nomzodi tasdiqlandi.
Mahalliy matbuotning yozishicha, Sarvan Kerimov oldin ilmiy ish bilan shug‘ullangan. Matlab Mutallimli va Abutolib Samedov parlamentning sobiq deputatlari. Fikret Yusifov bungacha Moliya vazirligini boshqargan, Yusif Bagirzoda sobiq deputa va MSKning sobiq aʼzosi. Yunus O‘g‘uz “Olaylar” gazetasi bosh muharriri, G‘ulomhuseyin Alibeyli parlamentning sobiq deputati.
Shunday qilib, tasdiqlangan nomzodlar soni 15 kishiga yetdi.
Eslatib o‘tamiz, 19 dekabr kuni Markaziy saylov komissiyasi “Yangi Ozarbayjon” partiyasi nomidan amaldagi prezident Ilhom Aliyev nomzodini tasdiqladi.
MSK, shuningdek, Zohid O‘ruj (parlament aʼzosi), Fozil Mustafo (deputat, Buyuk ijod partiyasi rahbari), Elshod Musayev (Buyuk Ozarbayjon partiyasi raisi), Gudrat Gasanguliyev (Yaxlit Ozarbayjon xalq fronti partiyasi raisi) va Rozi Nurallayevlarni (“Milliy front” partiyasi raisi) tasdiqladi.
Talabga ko‘ra, nomzod MSKda ro‘yxatdan o‘tish uchun 60 ta saylov okrugida yashovchi kamida 40 ming nafar saylovchi imzosini taqdim etishi kerak.
Ozarbayjonda navbatdan tashqari prezidentlik saylovli kelgusi yilning 7 fevraliga belgilangan.
Avvalroq mamlakat Markaziy saylov komissiyasi yana 8 nafar nomzodni Prezidentlikka nomzod sifatida tasdiqlash masalasini ko‘rib chiqayotganini maʼlum qilgandi.







