Lutfulla To‘rayev futboldagi faoliyatini yakunladi
U endi murabbiylik qilmoqchi.

Yakuniga yetgan mavsumni "Neftchi" klubida o‘tkazgan Lutfulla To‘rayev faoliyatini yakunlashga qaror qildi.
Xabarlarga ko‘ra, 35 yoshli yarimhimoyachi futbolchilik faoliyatidan so‘ng murabbiylik faoliyatini boshlamoqchi. Lutfulla To‘rayev Farg‘ona klubi murabbiylar shtabi taklifiga ko‘ra, "Neftchi" ustozi Vitaliy Levchenko bilan birga ishlaydi.
Lutfulla To‘rayev futbolchilik faoliyatini 2004-yilda "Mash’al" klubida boshlab, "Nasaf", "Bunyodkor", "Lokomotiv", "Felda Yunayted" (Malayziya), OKMK va "Neftchi" klublari sharafini himoya qilgan. Milliy jamoa tarkibida ham 24 o‘yinda maydonga tushgan.
Ma’lumot uchun, 35 yoshli yarimhimoyachi 2023-yilgi mavsumda Superligada 15 o‘yinda maydonga tushib, vodiy klubi bilan mavsumni 5-o‘rinda yakunladi. U jarohati sababli uzoq muddatga safdan chiqqan edi.







