"Muhim g'alaba! Biz to'xtamaymiz"
Ronaldu kechagi g'alaba haqida gapirdi.

“Al-Nasr” hujumchisi Krishtianu Ronaldu jamoasining Saudiya Arabistoni Pro-ligasining 17-turida “Al-Ittihod”ga qarshi o‘yindagi g‘alabasi (5:2) haqida fikr bildirdi. Ushbu uchrashuvda portugaliyalik dubl qayd etdi.
"Muhim g'alaba! Biz to'xtamaymiz!" — deb yozdi Ronaldu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasiga.
Eslatib o‘tamiz, Ronaldu “Al-Nasr”da 2023-yilning yanvaridan buyon to‘p surmoqda. Uning klub bilan shartnomasi 2025-yilgacha mo'ljallangan. Joriy mavsumda Ronaldu “Al-Nasr” safida barcha turnirlarda 24 ta o‘yin o‘tkazib, 23 ta gol urdi va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.







