Pedri Ispaniya Superkubogini o‘tkazib yuboradi
Uning jarohati jiddiy bo'lib chiqdi.

"Barselona" yarimhimoyachisi o‘tgan hafta mashg‘ulot paytida mushaklaridan jarohat olgan va 2-3 haftani o‘tkazib yuborishi xabar qilingandi.
Biroq jarohat dastlab taxmin qilinganidan ham jiddiyroq bo‘lib chiqdi. Kataloniya klubi murabbiylar shtabi shifokorlar va fizioterapevtlar bilan vaziyatni muhokama qilishdi hamda yarimhimoyachi yanvar oyi o‘rtalarida bo‘lib o‘tadigan Ispaniya Superkubogi o‘yinlarini o‘tkazib yuborishi kerak, degan xulosaga kelishdi.
Ta’kidlanishicha, futbolchi avval ham shunday jarohat olgan va vaziyatni og‘irlashtirmaslik uchun shoshilish yaramaydi. Tibbiy tekshiruvga ko‘ra, Pedri yanvar oyi oxirida safga qaytishi mumkin.







