Sho‘rchi tumani sobiq hokimi ozodlikdan cheklandi
U jinoyat kodeksining 4 ta moddasi bilan ayblangan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinsoy tuman sudining 2023 yil 4 sentyabrdagi hukmiga muvofiq B. Xudoyberganov Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) 2-qismi “a”, “v”, “G” bandlari, 184-1-moddasi (byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) 2-qismi, 209-moddasi (mansab soxtakorligi) 2-qismi “a” bandi va 229-4-moddasi (yer berish tartibini buzish) 2-qismi “a”, “B” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga 2 yil muddatga davlat ishtirokidagi korxona, muassasa va tashkilotlarda ishlash huquqidan mahrum qilgan holda 4 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan.
Surxondaryo viloyat sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hayʼati apellyatsiya instansiyasining 2023 yil 7 noyabrdagi ajrimi bilan birinchi instansiya sudi hukmining B. Xudoyberganovga oid qismi o‘zgarishsiz qoldirildi.







