"Bavariya" Varanning transferi ustida ishlashda davom etmoqda
Nemislar niyati jiddiy.

"Manchester Yunayted" himoyachisi Rafael Varan "Bavariya"ga o'tish imkoniyatiga ega.
Manbaning xabariga ko'ra, myunxenliklar ehtimoliy transfer tafsilotlarini ishlab chiqmoqda. Yanvar oyida nemis klubi "qizil iblislar" rahbariyatiga aniq taklif bilan murojaat qilishi mumkin.
Varan "Manchester Yunayted"da 2021-yilning yozidan buyon o'ynamoqda. Joriy mavsumda himoyachi “qizil iblislar” safida barcha turnirlarda 15 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urgan. Futbolchining ingliz klubi bilan shartnomasi 2025-yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 25 million yevroni tashkil qiladi.







