"Nyukasl" De Xeani erkin agent sifatida sotib olmoqchi
Futbolchining taxminiy narxi 8 million yevroni tashkil qiladi.

"Manchester Yunayted" va "Atletiko" klublarining sobiq darvozaboni David de Xea "Nyukasl" futbolchisiga aylanishi mumkin.
Manba bergan xabarga ko'ra, "so'ng'izlar" rahbariyati 33 yoshli ispaniyalik futbolchiga yaqin vaqt ichida shartnoma taklif qilishga qaror qilgan. Ayni damda futbolchi klubsiz.
2022/2023-yilgi mavsumda De Xea "Manchester Yunayted" safida barcha musobaqalarda 58 ta o'yin o'tkazdi. Futbolchining mankunianliklar bilan shartnomasi shu yilning iyun oyi oxirida yakuniga yetgan. Tomonlar kelishuvni uzaytirmaslikka qaror qilishdi. Transfermarkt internet portaliga ko'ra futbolchining taxminiy narxi 8 million yevroni tashkil qiladi.
Avvalroq "Nyukasl" "Manchester Siti" yarim himoyachisi Kalvin Fillipsga qiziqayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.







