“Real” klubi qishda himoyachi sotib oladi
Klubning oldida bitta variant bor.

Madridning “Real” klubi qishda “Latsio” markaziy himoyachisi Mario Gilani sotib olishi mumkin.
Manbaga ko'ra, klub 23 yoshli ispaniyalik futbolchiga bo'lgan huquqlarning yarmiga egalik qiladi va ularda sotib olishning ustuvor varianti ham bor. "Real Madrid"ning ikki asosiy markaziy himoyachilari Eder Militao va David Alabaning xochsimon bog'lamlari yirtilib, 2023/2024-yilgi mavsumning qolgan qismida maydonga tusha olmaydi.
Gila "Latsio"ga 2022-yilning iyulida "Kastilya RM"dan kelib qo'shilgan edi. Transfer summasi 6 million yevroni tashkil etdi. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2027-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt himoyachini 3 million yevroga baholamoqda.







