AQSH davlat qarzi rekord darajaga yetdi
Prezident Bayden avvalroq qarz chegarasini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi.

Amerika Qo‘shma Shtatlari davlat qarzi birinchi marta 34 trillion dollardan oshib, rekord daraja qayd etdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, AQSHning jami to‘lanmagan davlat qarzi 34 trillion 1 milliard 493 million dollarni tashkil qilgan. Amerika ushbu mablag‘larni xorijiy investorlar, fuqarolar va yirik fondlar kabi tashkilotlardan olgan.
Avvalroq, Prezident Jo Bayden 2025 yil 2 yanvargacha qarz chegarasini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzolagan edi. Hozirda esa mamlakat ushbu ko‘rsatgich bilan dunyoda qarzdorlik bo‘yicha yetakchilikni ushlab turibdi.







