Jahon

Tramp Kolorado sudining saylovda qatnashishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaroriga qarshi shikoyat kiritdi

Donald Tramp AQSH Oliy sudidan Kolorado sudining ushbu shtatdagi prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslik haqidagi qarorini bekor qilishni so‘radi.

Tramp Kolorado sudining saylovda qatnashishni taqiqlash to‘g‘risidagi qaroriga qarshi shikoyat kiritdi

 

Donald Tramp AQSH Oliy sudidan Kolorado sudining ushbu shtatdagi prezidentlikka nomzodini qo‘ymaslik haqidagi qarorini bekor qilishni so‘radi.

 

Kolorado sudidan tashqari, Trampni respublikachilarning praymeriz nomzodlari ro‘yxatidan chiqarib tashlash to‘g‘risidagi qarorni Men shtati Davlat kotibi ham qabul qilgan. Seshanba kuni sobiq prezidentning advokatlari bu masalada mahalliy sudga apellyatsiya shikoyati bergan.

 

Trampning sud jarayonini boshlagan raqiblarining fikricha, sobiq prezident 2020 yilgi prezidentlik saylovi natijalarini bekor qilmoqchi bo‘lgan va o‘z tarafdorlarini 2021 yil yanvarida Kapitoliyga bostirib kirishga undagan.

 

Men shtati Davlat kotibi Shenna Bellouz va Kolorado Oliy sudi o‘z qarorlarini AQSH Konstitutsiyasidagi "isyon yoki qo‘zg‘olon qilganlarning federal lavozimni egallashini taqiqlovchi" 14-tuzatishga asosladi.

 

Saylovoldi kampaniyasi vakillari Kolorado Oliy sudi va AQSH prezidenti Jo Baydenni "amerikalik saylovchilarning ovoz berish huquqini cheklash uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni qilishda” aybladi.

 

"Bu saylovga aralashishning Amerikaga xos bo‘lmagan, konstitutsiyaga zid harakatdir. Biz Kolorado Oliy sudining noto‘g‘ri qarorini bekor qilishni, shuningdek, noyabr oyida erkin va adolatli saylovni o‘tkazishni talab qilamiz" — deya taʼkidladi Trampning saylovoldi kampaniyasi vakili Stiven Chung

 

Agar Oliy sud Donald Trampning saylovda ishtirok etishiga ruxsat bersa, bu qaror butun mamlakat bo‘ylab amal qiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"