"Arsenal" Vlaxovichga qiziqish bildirmoqda
Inglizlar tez orada taklif bilan chiqadi.

"Arsenal" qishki transferlar oynasida bitta hujumchi bilan shartnoma imzolashni maqsad qilgan. Klub "Yuventus" vakili Dushan Vlaxovichga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Manbaning ta’kidlashicha, turinliklar ushbu transfer uchun 60 million yevro so‘rashi mumkin. Shuningdek, inglizlar tez orada taklif bilan chiqadi.
Vlaxovichni "kanonirlar" oldin ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilgan. Ammo futbolchi "Fiorentina"dan "Yuventus"ga yo‘l olgandi. Londonliklar ikkinchi bor hujumchini sotib olishga urinib ko‘rmoqchi.
"Yuventus" sport direktori esa bunday turdagi xabarlarga o‘z reaksiyasini bildirdi: "Vlaxovich sotilmaydi. "Arsenal" bilan hech qanday muzokaralar bo‘layotgani yo‘q".







