“Chelsi” yanvarda supertransferlarni amalga oshirmoqchi
U APL jamoasi vakili.

“Chelsi” qishki transferlar davrida jamoa tarkibini kuchaytirishga urg‘u qaratadi. Londonliklar yangi o‘yinchilar olib kelinadigan pozitsiyalarni aniqlab oldi.
Manbalarga ko‘ra, bosh murabbiy Maurisio Pochettino klub rahbariyatiga jamoa yuqori darajada o‘ynashi uchun unga yangi darvozabon, o‘ng qanot himoyachisi va ko‘p gol ura oladigan hujumchi kerakligini ma’lum qilgan.
Murabbiylar shtabi himoya chizig‘iga “Aston Villa” vakili Metti Keshni olib kelishni mo‘ljallayapti. Bu futbolchi juda ko‘p jarohat olayotgan jamoa sardori Ris Jeymsning o‘rnini egallashi kerak.
“Aristokratlar” asosiy hujumchi vazifasini “Napoli” to‘purari Viktor Osimxen yoki “Inter” forvardi Lautaro Martinesga topshirmoqchi.







