Endi Koreya yarimorolida keskinlik boshlandi
Rasmiylar hududda urush bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.

Bugun ertalab Shimoliy Koreya Janubiy Koreya orollari tomon 200 ga yaqin artilleriyadan o‘q uzgan.
Janubiy Koreya hukumati bunga javoban Yeonpxyondo orolidan aholini evakuatsiya qilishga qaror qilishdi. Rasmiylar bu hududda urush bo‘lishi mumkinligini aytishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2010 yili ham ushbu orol hududida janub va shimol o‘rtasida artilleriya hujumi sodir bo‘lgan. Oqibatda ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgan.







