Ronaldu yana bir mukofot bilan taqdirlanadi
U o'tgan yilning eng yaxshi to'purari hisoblanadi.

“Al-Nasr”ning 38 yoshli hujumchisi Krishtianu Ronaldu o‘z kolleksiyasini yana bir sovrin bilan to‘ldiradigan bo‘ldi. Futbolchi yilning eng yaxshi to‘purari uchun beriladigan Maradona mukofoti bilan taqdirlanadi. Mukofot 19 yanvar kuni Dubai Globe Soccer Awards 2023 marosimida topshiriladi.
Besh karra “Oltin-to‘p” sohibi 2023-yilda “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi safida 54 ta gol urdi. To‘purarlar poygasida portugaliyalik forvard PSJ hujumchisi Kilian Mbappe (52 gol) va “Bavariya” hujumchisi Harri Keyn (52), shuningdek, “Manchester Siti” hujumchisi Erling Holand (50) kabi futbolchilarni ortda qoldirdi.
Dekabr oyida Krishtianu Ronaldu Saudiya Arabistoni Pro ligasining eng yaxshi futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Dekabrda u 5 ta o‘yinda 5 ta gol urib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.







