Erdog‘an Blinken bilan G‘azodagi vaziyatni muhokama qildi
Uchrashuv OAV uchun yopiq shaklda o‘tkazilgan.

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an shanba kuni AQSH davlat kotibi Entoni Blinken bilan Shvetsiyaning NATOga qabul qilish haqidagi arizasi va Anqaraga F-16 qiruvchi samolyotlarini sotish bo‘yicha muzokaralar o‘tkazdi.
Suhbatning yana bir mavzusi G‘azo sektoridagi vaziyat bo‘ldi. Uchrashuvda Turkiya tashqi ishlar vaziri Hakan Fidan, Milliy razvedka tashkiloti rahbari Ibrohim Kalin va AQSHning Anqaradagi elchisi Jeffri Flake ham ishtirok etdi.
Uchrashuv ommaviy axborot vositalari uchun yopiq tarzda o‘tkazildi. Bungacha Blinken va Fidan o‘rtasida ikki tomonlama muzokaralar ham bo‘lib o‘tgan. Turkiya TIV maʼlumotlariga ko‘ra, ular G‘azo sektoridagi jangovar va gumanitar inqiroz, Shvetsiyaning NATOga kirishi, ikki tomonlama va mintaqaviy masalalarni muhokama qilgan.
Turkiyadan keyin Blinken Gretsiya, Iordaniya, Qatar, Birlashgan Arab Amirliklari, Saudiya Arabistoni, G‘arbiy Sohil va Misrga yo‘l oladi.







