Firmino "Al Ahli"ni tark etishi mumkin
Futbolchi APLga qaytadi.

Jurnalist Ben Jeykobsning so'zlariga ko'ra, "Al Ahli" Firminoni ijaraga berishga tayyor.
Qayd etilishicha, “Al-Ahli” hali futbolchi bo‘yicha taklif olgani yo‘q, ammo forvardni Premyer-liga klublaridan biriga ijaraga berishi mumkin. Londonning "Fulxem" va "Vest Xem Yunayted" Saudiya Arabistoni klubi bilan norasmiy aloqada.
Eslatib o'tamiz, Firmino o'tgan yozda "Al-Ahli"ga o'tgandi. Joriy mavsumda hujumchi barcha turnirlarda 19 ta uchrashuvda ishtirok etib, 3 ta gol urdi va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan. Futbolchining klub bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2026-yilning yoziga qadar amal qiladi.







