Yaponiyada bir dona baliq salkam 800 ming dollarga sotildi
Tokiodagi eng yirik baliq bozorida anʼanaviy bayram auksioni bo‘lib o‘tdi.

Kecha Tokiodagi eng yirik baliq bozorida anʼanaviy bayram auksioni bo‘lib o‘tdi. Mahalliy OAV ning xabar berishicha, unda ko‘k tuna baʼlig‘i 789 ming AQSH dollariga sotilgan.
Mamlakatda sodir bo‘lgan zilzila sabab Toyosu bozoridagi savdogarlar auksionni bir daqiqalik sukut bilan boshlashdi.
Maʼlumotlarga ko‘ra, qizg‘in davom etgan jarayondan so‘ng, 238 kilogrammlik qimmatbaho baliqni Tokioning Gindza tumanidagi sushi restorani yutib olgan.





