Yaponiyadagi zilzila vayronalari ostidan 90 yoshli ayol qutqarildi
U 3 kun davomida vayronalar ostida qolib ketgan.

Yaponiyaning Ishikava prefekturasidagi zilziladan 124 soat o‘tib, 90 yoshli ayol uy vayronalari ostidan tirik holda topildi.
Oldinroq politsiyaga Ishikava prefekturasining Suzu shahrida zilzila oqibatida vayron bo‘lgan uyda tirik odam borligi haqida xabar kelib tushgani va qutqaruv ishlari olib borilayotgani xabar qilingandi.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning birinchi kunida Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi Ishikava prefekturasining Noto yarimoroli hududida bir qator yirik zilzilalar ro‘y berdi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali edi.







