Rossiyada 50 ga yaqin avtomobil YTHga uchradi
Hodisa oqibatida halok bo‘lganlar bor.

Bugun, 8 yanvar kuni Rossiyaning Novgorod viloyatida 50 ga yaqin avtomobil ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.
Hodisa soat 14.45 da magistralning 526-kilometrida sodir bo‘lgan. To‘qnashuv ob-havo sharoitining keskin yomonlashuvi sabab yuz bergan. Gidrometeorologiya markazi maʼlumotlariga ko‘ra, dushanba kuni ertalab Novgorod yaqinida kuchli qor yog‘gan.
Hodisa oqibatida to‘rt kishi halok bo‘lgan. Ular orasida 2023 yilda tug‘ilgan chaqaloq ham bor.
Hozirda voqea joyida Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi, Tergov qo‘mitasi xodimlari ishlamoqda. Novgorod viloyati prokuraturasi ommaviy avtohalokat yuzasidan tergov tashkil qildi.







