Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 215 taga yetdi
Jabrlanganlar 567 nafarni tashkil etmoqda.

Yaponiyadagi zilzila qurbonlari soni 215 kishiga yetdi, deb xabar bermoqda Kyodo agentligi.
Bir kun avval OAV 213 kishining o‘limi haqida xabar bergan edi. Zilzila oqibatida 567 kishi jabrlangani, yana 37 kishi bilan bog‘lanib, ularning xavfsiz ekanligini tasdiqlash imkoni bo‘lmagani maʼlum qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 2024 yilning birinchi kunida Yaponiyaning g‘arbiy sohilidagi Ishikava prefekturasining Noto yarim oroli hududida bir qator yirik zilzilalar ro‘y berdi, ularning eng kuchlisi 7,6 magnitudali edi.







