Tayvanda prezidentlik saylovi boshlandi
Tahlilchilarning fikricha, saylov natijalari Xitoy bilan munosabatlarga jiddiy taʼsir qiladi.

Joriy saylovlarda uchta nomzod bor: Lay Sinde, Ke Venchje va Xou Yui.
Agar saylovoldi ritorikaga ishoniladigan bo‘lsa, ularning hech biri Pekin bilan munosabatlarni hech bir yo‘nalishda tubdan isloh qilmoqchi emas. Shu bilan birga, Xitoy rahbariyatining deyarli barcha yuqori lavozimli vakillari Tayvanni Pekin nazoratiga qaytarish maqsadini u yoki bu tarzda eʼlon qildi.
Agar tomonlar o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlansa, bu insoniyatga jahon yalpi ichki mahsulotining 10 foizigacha miqdordagi zarar keltirishi mumkin.







