Bugun birinchi tur o'yinlari yakunlanadi
Osiyo kubogi qizg'in pallaga kirib bormoqda.

Bugun, 16-yanvar kuni chempionatning “F” guruhida Tailand – Qirg‘iz Respublikasi, Saudiya Arabistoni va Ummon terma jamoalari qarama-qarshiligiga guvoh bo‘lamiz. Ushbu o‘yinlardan so‘ng musobaqaning guruh bosqichida birinchi tur uchrashuvlari yakunlanadi.
Xabaringiz bor ushbu musobaqada terma jamoamiz ilk uchrashuvda Suriya bilan 0:0 hisobida durang qayd etgan edi. Hozirda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 18-yanvar kuni Hindistonga qarshi o‘tadigan o‘yinga tayyorlanmoqda. Termamizning kechagi mashg‘ulotlarida jamoa sardori Jaloliddin Masharipov noma’lum sabablarga ko‘ra ishtirok etmadi. Umid qilamizki, tajribali futbolchimizning salomatligi joyida va oldindagi muhim uchrashuvlarda maydonga tushadi.







