Jalolov fevral oyida navbatdagi jangini o'tkazadi
Unga kim raqib bo'lishi hali noma'lum.

Og‘ir vazn toifasida o‘zbekistonlik professional bokschimizning navbatdagi jangi sanasi ma’lum bo‘ldi.
Bahodir Jalolov 17-fevral kuni Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida tashkil etiladigan boks oqshomida ringga chiqadi. Hozircha hamyurtimizga kim raqiblik qilishi ma’lum emas. E’tiborlisi, Ar-Riyoddagi boks oqshomining markaziy jangi Tayson Fyuri va Aleksandr Usik o‘rtasida o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Bahodir Jalolov (13-0-0) o‘zining so‘nggi jangida JAR vakili Kris Tompsonga (12-5-1) qarshi ringga ko‘tarilib, birinchi raunddayoq raqibini ringga qulatgandi.







