Sport

"Real"da Kilianga joy yo'q

Futbolchi yana Parijda qoladimi?

"Real"da Kilianga joy yo'q

 

Kilian Mbappe 2022-yilda "Real"ga o'tishi mumkin edi. Buning uchun hammasi yaxshi ketayotgandi: futbolchining "PSJ" bilan shartnomasi yakunlanayotgandi, Madridda esa superyulduzning o'rni bo'shab qolgandi. Benzema o'zining eng yuqori cho'qqisida edi, lekin undagi yosh bilan bog'liq holat uni tez orada almashtirish kerakligini bildirardi.

 

OAV Mbappe qayerda o'ynashi, Anchelotti unga qanday mos kelishi va Kilian "Real Madrid" tarkibida qancha "Oltin to'p" yutishini allaqachon taxmin qilishgan. Ammo, keyin Mbappe "PSJ" bilan shartnomasini uzaytirdi. Va barcha fantaziyalar puchga chiqdi.

 

2024-yil. Mbappening Parij bilan shartnomasi yana yakuniga yetmoqda. Va OAV yana uni "Real"ga o'tish mumkinligi haqida yozishadi. Ammo, bir jihat bor: uning o'rni allaqachon band qilingan. Madrid Jude Bellingham bilan shartnoma imzoladi, hujumni tikladi va yangiladi. Hamda bu raqobatda Mbappe uchun joy yo'qdek.

 

Benzema ketganidan keyin Anchelotti hujumni qaytadan o'ylab ko'rdi. Endi tezkor Vinisius va Rodrigo oldinda harakatlanishmoqda, Bellingham ham muntazam ravishda hujumlarda ishtirok etmoqda.

 

Bugungi "Real" muvozanatli. U mukammal emas, u daxlsiz emas. Ammo yangilanish jarayonida bo'lgan jamoa uchun "Real Madrid" ajoyib formada. Albatta, biz hali ham Modrich va Kroosning o'rnini kim egallashi haqida o'ylashimiz kerak. Ammo, hujumda "Real" allaqachon yosh, yangi va sermahsul harakatlarni amalga oshirib bo'lgan. Bunda Mbappening roli yo'q.

 

Fransuz "Real"ni kuchliroq qila oladimi? Nazariy jihatdan, albatta, ha. Mbappe top futbolchi, uning iste'dodi so'roq ostida emas. Yana bir muhim jihat: Endrik yozda "Real"ga keladi. Kattalar darajasida u hali Mbappedek o'zini ko'rsata olgani yo'q. Ammo, u fenomen sifatida tasdiqlangan va 17 yoshida ajoyib natijalarni ko'rsatmoqda. Endrik "Palmeyras" safida allaqachon 60 ta o'yin o'tkazgan, u allaqachon Braziliya terma jamoasida bahslarda ishtirok etmoqda.

 

"Real Madrid" Mbappeni faqat super yulduzni qo'ldan boy bermaslik uchun sotib olishi mumkin. Ammo, Florentino Peres 2000-yillarning boshlarida, Galaktikosni yig'gan paytida bundan aziyat chekkanga o‘xshaydi. "Real Madrid"ga ikkinchi marta kelganida Peres iloji boricha hushyor va ehtiyotkor insonga aylandi

 

O'zingiz baho bering, kim yaxshiroq harakat qilmoqda: Mbappe yoki "Real". Madrid Kiliansiz ancha xotirjam o'ynashda davom etmoqda. Bu yaxshilanishi mumkin, ammo yomonlashmaydi.

 

Mbappe "Real"ga o'tmaganda taqdirda nima qilishi kerak? "PSJ" bilan yana shartnomani uzaytiradimi? Yoki Angliyaga ketadimi? Yoki Saudiya Arabistoniga o'tadimi? Bu yana bir katta savol. Hammasini vaqt ko'rsatadi.

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

"Real"da Kilianga joy yo'q | Zamon.uz