"Roma" Mourinyoni ishdan bo'shatdi
Klub uning keyingi faoliyatiga omad tiladi.

Italiyaning "Roma" klubi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourinyoni iste’foga chiqarganini e’lon qildi.
"Bizda uning "Roma"dagi faoliyati haqida doimo ajoyib xotiralar saqlanib qoladi, ammo biz shoshilinch o‘zgarishlar klub manfaatiga xizmat qiladi, deb hisoblaymiz. Joze va uning xodimlariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qolamiz”, — deyiladi klub bergan xabarda.
Portugaliyalik mutaxassis bilan birga uning murabbiylar shtabi ham klubni tark etdi. Mourino "Roma"ni 2021-yilning may oyidan buyon boshqarib kelayotgandi. U 2021/22-yilgi mavsumda jamoani Konferensiya ligasida g‘alabaga olib keldi. O‘tgan mavsumda "Roma" Yevropa Ligasi finalchisiga aylangandi.







