Son to'qqizinchi bor Osiyoning eng yaxshi futbolchisi deb topildi
U Ronalduni ortda qoldirdi.

"Tottenhem" klubi va Janubiy Koreya milliy jamoasi hujumchisi osiyolik futbol jurnalistlari va ekspertlari o‘rtasidagi ovoz berishda 22,9 foiz ochko to‘pladi. Son o‘z faoliyatida 9 va ketma-ket 7-bor ushbu mukofotni qo‘lga kiritdi.
So‘rov natijalariga ko‘ra, 2-o‘rinni Kim Min Chje ("Napoli"/"Bavariya", Janubiy Koreya milliy jamoasi) egalladi – u 19,54 foiz ovoz oldi. Kuchli uchlikni 17,06% ovoz bilan Krishtianu Ronaldu ("Al-Nasr", Portugaliya) yakunladi.
Ma’lumot uchun, Osiyoning eng yaxshi futbolchisi uchun sovringa OFK tarkibiga kiruvchi mamlakatlar vakili yoki Osiyoda o‘ynaydigan legionerlar da’vogarlik qilishlari mumkin.







