Neymarning "Al-Hilol"dagi kelajagi haqida ma'lumot berildi
U Saudiyada qoladi.

"Al-Hilol" vinger Neymar bilan shartnomani bekor qilmoqchi emas. Manba bergan xabarga ko'ra, Saudiya klubi 31 yoshli braziliyalikni yangi tarkib himoyachisi Renan Lodiga joy bo'shatish uchun tarkibdan chiqarib yuborgan.
2023-yilning oktabrida Neymar jarohat olgandi. Shundan so'ng operatsiya qilindi. U mavsum oxirigacha o'ynamaydi.
Neymar 2023-yilning avgustida "PSJ"dan "Al-Hilol"ga o'tgan edi. Transfer summasi 90 million yevroni tashkil etgan. O‘yinchining klub bilan shartnomasi 2025-yilning yoziga qadar mo‘ljallangan. Transfermarkt vingerni 45 million yevroga baholamoqda.







