Avstraliya — O‘zbekiston o‘yinini yaponlar boshqaradi
Bahs 23-yanvar kuni o'tkaziladi.

Qatarda o‘tayotgan Osiyo Kubogining 3-turidan o‘rin olgan Avstraliya - O‘zbekiston o‘yinini yaponiyalik Araki Yusuke bosh hakam sifatida boshqaradi. Unga qanotlarda hamyurtlari yordam berishsa, zaxira hakami sifatida xitoylik referi ishlaydi.
Ma’lumot uchun, Araki Yusuke bu mavsumda jami 8 ta xalqaro bahsda ishlagan. Jumladan, OCHL guruh bosqichining 4-turidagi "Nassaji Mozandaron" — "Navbahor" (1:3) o‘yinida hakamlik qilgan.







