"Jirona"dan yana bir yurish
Dovbik Bellingemga yetib oldi.

Bu yilgi Ispaniya chempionatida "Jirona" hech bo'lmaganda Chempionlar ligasi yo'llanmasi uchun, "Sevilya" esa turnirda omon qolish uchun kurashmoqda. Buning aksini qilish odatiy hol, lekin futbolda ba'zida bir-ikki mavsumda hammasi ostin-ustun bo'lib ketadi. Ispaniya chempionatining 21-turida bu jamoalar Kataloniyada to'qnash kelishdi va "Jirona" turnir jadvalida yana "Real"ni ortda qoldirdi.
"Sevilya" uchun hammasi yaxshi boshlandi. O'yinning ochilishida Kike Flores shogirdlari maydonning yarmida "Jirona"ga bosim o'tkazib, raqibni tavakkal kombinatsiyalar orqali bosimdan qutulishga majbur qilishdi. Natijada "Sevilya" tezkor gol urdi. Mehmonlar Mishel jamoasi himoyasining o'ng yarim qanotini yorib o'tishdi va Romero o'yindagi birinchi zarbasi bilan darvozani ishg'ol qildi. Yosh forvard uchun bu "Sevilya" safida uchinchi o'yindagi uchinchi gol bo'ldi, avvalroq u "Xetafe" bilan kubok bahsida dubl qayd etgandi.
Keyin yana bir hujumchi Dovbikning vaqti keldi. “Jirona” maydonga jonlandi va jamoa “Sevilya” himoyasini yorib o'tdi. Mezbonlar qanotlarda Kike Flores jamoasining kuchsizligidan unumli foydalanishdi. Uchrashuvdagi ikkinchi zarba ikkinchi golni olib keldi. Bu goldan keyin Artyom Primeraning uchinchi to'purari Morataga yetib oldi.
Oradan bir-ikki daqiqa o'tib "Jirona" tezlikda ajoyib hujum uyushtirdi va yana bir bor raqib darvozasiga to'p kiritdi. Dovbikning uchinchi goli butunlay boshqacha bo'lib chiqdi - hujumchi hammasini o'zi qildi. U maydon markazidan ochildi, keyin esa Ramosni shunchaki tomoshabinga aylantirdi. Serxio Artyomning to'pni egallashiga, o'z pozitsiyasini yaxshilashiga va jarima maydonchasi tashqarisidan aniq zarba berishga to'sqinlik qilmadi. To'rtta zarba - to'rtta gol! Dovbik o'zining xet-triki evaziga chempionat to'purari Bellingemga yetib oldi. Qolaversa, tanaffusga biroz vaqt qolganida, "Jirona" forvardi poker qayd etib, La Liga mavsumidagi 15-golini kiritishi mumkin edi ammo, biroz omad yetishmadi. “Sevilya” nihoyatda omadsiz o'yindan keyin sarosimaga tushdi.
Ikkinchi bo'lim boshida yorqin, ochiq futbol bo'ldi! O'yin oqimi "Sevilya"ni ochishga majbur qildi va "Jirona" bo'sh hududlardan yaxshi foydalandi. Dastlab burchak to'pidan so'ng Errera darvoza ustuniga zarba berdi. Oradan bir necha daqiqa o'tib mezbonlar hisobni yiriklashtirishdi. "Sevilya"da esa tanaffusdan keyin paydo bo'lgan energiya asta-sekin tugadi. “Sevilya” maydonning uchdan bir qismidagi uzatmalari soni bo‘yicha “Jirona”dan bir yarim baravar uzib ketdi, ammo buning foydasi yo‘q edi, chunki mezbonlarning har qanday tezkor kombinatsiyasi potentsial gol urishga olib keldi. Mishel jamoasi esa o'z imkoniyatlarini ajoyib tarzda amalga oshirdi. Yakunda "Jirona"ning yana bir chiroyli hujumi beshinchi gol bilan yakunlandi.







