Toshkentda Yandeks haydovchisi o‘ldirib ketildi
Uni 23 yoshli yigit pichoqlab ketgan.

Toshkentda taksichini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygan yigit 18 yilga qamaldi. Bu haqda Oliy sud matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum bo‘lishicha, Jinoyat ishlari bo‘yicha Yakkasaroy tuman sudida o‘tgan yilning yozida 23 yoshli taksichiga nisbatan Jinoyat kodeksining 97 (qasddan odam o‘ldirish) va 164 (bosqinchilik) moddalarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etgan 23 yoshli shaxsga oid jinoyat ishi ko‘rib chiqilib, sudlanuvchiga 18 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.







