198 davlat orasida e’tirof: O‘zbekiston sayohat uchun eng xavfsiz mamlakatlar qatorida
2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.

CEOWORLD Magazine nashri tomonidan e’lon qilingan 2027-yilgi Travel Safety Ranking reytingida O‘zbekiston 198 ta davlat orasida sayohat xavfsizligi darajasi juda yuqori bo‘lgan mamlakatlar qatoridan joy oldi.
Turizm qo‘mitasi matbuot xizmatining bildirishicha, O‘zbekiston “eng yuqori xavfsizlik” (Very High) toifasiga kiritilgan. Bu mamlakatda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, jamoat xavfsizligini mustahkamlash hamda xorijiy sayyohlar uchun osoyishta muhit yaratish borasidagi ishlarning xalqaro e’tirofi sifatida baholangan.
Reytingda Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham xavfsizlik darajasi yuqori mamlakatlar sifatida qayd etilgan. Xususan, Qozog‘iston 44-, Turkmaniston 57-, Qirg‘iziston 65-, Tojikiston esa 73-o‘rinni egallagan.
Shuningdek, 2026-yilgi Global Peace Index natijalarida ham O‘zbekiston dunyoning tinch mamlakatlari qatorida qayd etilgan.
Avvalroq AQSh Davlat departamenti O‘zbekistonni amerikalik sayyohlar uchun xavfsiz yo‘nalish sifatida baholab, mamlakatga sayohat qilish bo‘yicha tavsiyalarning birinchi darajasini — “Exercise Normal Precautions”ni belgilagan. Bu sayyohlarga odatiy ehtiyot choralariga rioya qilgan holda mamlakatga tashrif buyurish mumkinligini anglatadi.








