Xavotirli statistika: 490 nafar o‘quvchi hayotdan ko‘z yumdi
Bu ko‘rsatkich yil yakuniga qadar 2025-yildagi rekorddan oshishi mumkin.

Yaponiyada 2026-yilning dastlabki 10 oyida 490 nafar maktab o‘quvchisi o‘z joniga qasd qilgani qayd etildi. Bu haqda Bolalar va oilalar ishlari agentligi ma’lumotlariga tayanib, Kyodo News xabar berdi.
Qayd etilgan holatlarning 352 tasi yuqori sinf, 126 tasi o‘rta sinf va 12 tasi boshlang‘ich sinf o‘quvchilariga to‘g‘ri keladi. Bu ko‘rsatkich 2025-yilning shu davriga nisbatan oshgan va statistika yuritila boshlaganidan buyon eng yuqori natija hisoblanadi.
Yaponiya hukumati dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, yil yakuniga qadar o‘quvchilar orasidagi suitsid holatlari soni 2025-yilda qayd etilgan 538 ta rekord ko‘rsatkichdan ham oshishi mumkin.
Shu bilan birga, mamlakat aholisi orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari umumiy hisobda kamaymoqda. 2026-yil yanvar–oktabr oylarida 15 126 ta shunday holat qayd etilgan.
Mutaxassislar o‘quvchilar orasidagi har bir holatni alohida o‘rganish va bunga sabab bo‘lgan omillarni aniqlash zarurligini ta’kidlamoqda. Ayrim vaziyatlarda ijtimoiy tarmoqlar ham ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.







