O'zbekiston

Qatar bilan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi prezidenti Xamad ben Naser Al Misned bilan uchrashdi.

Qatar bilan 2024-2026-yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi

 

Xabar berganimizdek, shu kunlarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar, shuningdek, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi rahbariyati va mas’ul xodimlaridan iborat O‘zbekiston Respublikasi delegatsiyasi Qatar davlatida bo‘lib turibdi. Tashrif dasturiga muvofiq, bugun Agentlik direktori A.Burxanov Qatar davlatining Ma’muriy nazorat va shaffoflik idorasi prezidenti Xamad ben Naser Al Misned bilan uchrashdi. Uchrashuv mobaynida o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida 2024-2026 yillarga mo‘ljallangan Harakatlar rejasi imzolandi. Reja tomonlar o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash, davlat idoralari faoliyati ochiqligini ta’minlash hamda BMT aksilkorrupsiya standartlarini milliy amaliyotga tatbiq etishda muntazam va yaqindan tajriba almashish kabi masalalarni o‘z ichiga oladi. Jumladan, quyidagilar Harakatlar rejasining asosiy yo‘nalishlari sifatida belgilandi: - Korrupsiyaga qarshi kurashishni tartibga soluvchi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish; -Davlat xizmatida korrupsiyaviy xavf-xatarlarni baholash va faoliyat ochiqligini ta’minlash bo‘yicha tajriba almashish; - Sport sohasida halollik va shaffoflikni ta’minlash bo‘yicha o‘zaro hamkorlik qilish; - Agentlikning e-antikor platformasini takomillashtirishda Qatar davlati tajribasini o‘rganish. Muloqot yakunida muhokama qilingan hamkorlik yo‘nalishlarida ishlarni jadallashtirishga kelishib olindi.

custom img

Dunyoda shakar taqchilligi xavfi kuchaymoqda: narxlar 25 foizdan ko‘proqqa oshdi

El-Nino shakar bozoriga eng kuchli ta’sir ko‘rsatuvchi tabiiy hodisalardan biri hisoblanadi.

custom img

Ko‘mir qachon va qayerdan sotiladi? “O‘zbekko‘mir” rasmiy ma’lumot berdi

Ayni paytda hududlarga ko‘mirni taqsimlash va birja savdolariga chiqarish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.

custom img

Saida Mirziyoyeva ustoz va murabbiylarni bayram bilan tabrikladi

U o‘qituvchilarning yosh avlod tarbiyasidagi sa’y -harakatlarini e’tirof etdi.

custom img

Ishdan bo‘shatilganlar uchun yangi tartib: muddatidan oldin pensiya olish mumkin

Belgilangan yosh va mehnat stajiga ega bo‘lib, ishdan bo‘shatilgan ayrim fuqarolarga uch oy davomida ish topilmasa, muddatidan oldin yoshga doir pensiya tayinlanadi.

custom img

Qabul-2026: imtihondan “yiqilgan” qoraqalpog‘istonlik abituriyentlar uchun qo‘shimcha o‘rinlar ajratildi

Qoraqalpog‘istonda doimiy yashaydigan yoshlar uchun 2026/2027-o‘quv yilida oliy ta’limga qo‘shimcha 500 ta maqsadli va 6 500 ta to‘lov-kontrakt asosidagi qabul parametrlari tasdiqlandi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston o‘qituvchi va murabbiylarini tabrikladi

Tabrikda ta’lim sohasidagi yutuqlar qayd etilib, ilg‘or pedagoglar uchun Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etilishi ma’lum qilindi.

custom img

Prezident Shavkat Mirziyoyev Janni Infantinoni qabul qildi

Uchrashuvda U-20 jahon chempionati va futbolni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

custom img

Chipta yo‘q, qarshilik bor: Toshkentlik yo‘lovchi 3 sutkaga qamaldi

Fuqaro avtobusdan tushganidan so‘ng yo‘l haqi to‘langanini tasdiqlovchi hujjatni so‘ragan nazoratchi bilan janjallashib, unga kuch ishlatishga uringan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"