"Paxtakor"ni 6 nafar futbolchi tark etdi
Jamoa yosharmoqda.

“Paxtakor” 6 nafar futbolchisi bilan xayrlashdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
"2024-yilgi mavsumga yoshargan tarkib bilan kirib kelayotgan jamoamizni aksar futbolchilar tark etdi. Biz ularga omad tilaymiz!", - deyiladi xabarda.
Azizbek Turg‘unboyev - "Sivasspor", Odiljon Hamrobekov - "Navbahor", Farrux Sayfiyev - "Navbahor", Hojimat Erkinov "Al-Vasl" va bundan tashqari Pshemislav Banashak hamda Metyu Stinvorden ham "sherlar"ni tark etgan.







