SpaceX koinotga sunʼiy yo‘ldosh uchirdi
U havodagi zarrachalarni o‘rganadi.

8 fevral kuni SpaceX kompaniyasi va AQSH Milliy aeronavtika va tadqiqot boshqarmasi PACE sunʼiy yo‘ldoshini koinotga uchirdi.
U okeandagi mikroskopik organizmlar va havodagi zarrachalarni o‘rganadi. Keyinchalik SpaceX sunʼiy yo‘ldoshni o‘zining rejalashtirilgan orbitasiga joylashtirishini tasdiqladi.
Kelgusi uch yil davomida PACE NASAning uzoq muddatli kuzatishlarini kengaytirib, Yer atmosferasi va okean yuzasi haqidagi maʼlumotlarni kuzatib boradi va to‘playdi.
SpaceX maʼlumotlariga ko‘ra, sunʼiy yo‘ldosh Falcon 9 raketasi yordamida uchirilgan.







