O'zbekiston

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

Qonun loyihasi Qonunchilik palatasida birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Xorijiy transport vositalariga yengillik: O‘zbekistonda qolish muddati 180 kunga uzaytirilishi mumkin

 

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bojxona ma’muriyatchiligi va tashqi savdo tartib-taomillarini soddalashtirishga qaratilgan qonun loyihasini birinchi o‘qishda qabul qildi.

 

Hujjat bilan Bojxona kodeksiga chet el avtotransport vositalarini O‘zbekiston hududiga olib kirish va olib chiqish tartibini takomillashtirishga oid o‘zgartirishlar kiritish taklif etilmoqda. Unga ko‘ra, xorijiy transport vositalarining mamlakat hududida bo‘lish muddati 90 kundan 180 kungacha uzaytirilishi mumkin.

 

Shuningdek, bojxona to‘lovlarini kechiktirib to‘lash muddati 60 kundan 120 kungacha oshirilishi, kechiktirib yoki bo‘lib-bo‘lib to‘lashda hisoblanadigan foizlarni Markaziy bankning qayta moliyalashtirish stavkasiga tenglashtirish taklif etilmoqda.

 

Loyiha doirasida tadbirkorlik subyektlari uchun bosh ta’minot summalarini kamaytirish mexanizmlari ham joriy etiladi. Bundan tashqari, litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari bo‘yicha ariza hamda hujjatlarni «Yagona darcha» bojxona axborot tizimi orqali qabul qilish imkoniyatlari kengaytiriladi.

 

Qonun loyihasi tashqi savdo operatsiyalaridagi ortiqcha ma’muriy tartib-taomillarni qisqartirish, tadbirkorlarning moliyaviy yukini yengillashtirish hamda bojxona xizmatlari shaffofligi va tezkorligini oshirishga qaratilgan.

 

Muhokamalardan so‘ng qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi.

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

O‘zbekistonda 12 yillik ta’limga o‘tish: qonun loyihasi Senatga yuborildi

Bir yillik maktabga tayyorlov majburiy umumiy o‘rta ta’limning dastlabki bosqichi sifatida belgilanishi mumkin.

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Suyultirilgan gaz to'ldirish cheklanmaydi: gaz ballonlarini qayerlarda to'ldirish mumkin?

Maishiy gaz ballonlarini avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarida to‘ldirish xavfsizlik talablariga zid.

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

156 mln so‘mlik noqonuniy bitim: Toshkentda kumush savdosi to‘xtatildi

Qo‘lga olingan fuqaro qimmatbaho metallar savdosi uchun litsenziyaga ega bo‘lmagan.

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

Britaniyada ish imkoniyatlari kengayadi: muhandis va bitiruvchilar ham jalb etilishi mumkin

So‘nggi uch yilda 14 mingdan ortiq o‘zbekistonlik Buyuk Britaniyaga mavsumiy ishga yuborilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan Iordaniyaga bordi

Tashrifning asosiy tadbirlari 24-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Toshkentda tungi elektr uzilishi: 2 ta tumanning 17 ta hududida chiroq o‘chishi mumkin

Bunga podstansiyada profilaktik tekshiruv ishlari o‘tkazilishi sabab bo‘ladi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.